Metroda hunar ko‘rsatgan o‘quvchi bo‘yicha izoh berildi

Jamiyat

image

Instagram va Telegram ijtimoiy tarmoqlarida – metroda harakatlanayotgan o‘spirin, vagonning yuqoridagi ushlagichlariga oyoqlari bilan osilib turib, g‘alati ovoz bilan baqiryotgani tasvirlangan video tarqatilmoqda.

“Toshkent metropoliten” UKning ma’lum qilishicha, Toshkent shahrining Yunusobod tumanidagi 105-maktabning o‘quvchilari 2005 yilda tug‘ilgan A.A. va T.U. ekani hamda ular ushbu harakatni Instagram ijtimoiy tarmog‘idagi shaxsiy sahifasini rivojlantirish va obunachilar sonini ko‘paytirish maqsadida amalga oshirgani aniqlangan.

O‘smirlar bilan Ichki ishlar vazirligi Bosh boshqarmasi Metropolitendagi xavfsizlik boshqarmasi vakillari, Poytaxt metropoliteni ma’muriyati, shuningdek, 105-maktab ma’muriyati va o‘quvchilarning ota-onalari ishtirokida tushuntirish o‘tkazilgan.

Mazkur holat bo‘yicha ish qo‘shimcha ko‘rib chiqish maqsadida hududiy (yashash joyidagi) voyaga yetmaganlar bilan ishlaydigan bo‘limga o‘tkazilgan.

Qayd etilishicha, ushbu harakatlar huquqbuzarlik hisoblanadi va O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy kodeksining 115-moddasiga binoan chora ko‘riladi. Bundan tashqari, o‘smirlar O‘zbekistonda koronavirus tarqalishining oldini olish bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasi tomonidan karantin davrida belgilangan maska rejimiga rioya qilmay belgilangan qoidalarni buzganligi uchun ham javobgarlikka tortiladi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Ichki ishlar vazirligi TikTok platformasida fuqarolarning, ayniqsa yoshlarning o‘zlariga e’tibor jalb qilish maqsadida, turli masxaranomuz, odob-ahloq qoidalariga zid harakatlari tasvirlangan videolari ko‘payayotgani uchun ota-onalarga jiddiy ogohlantirish bilan chiqqan edi.


Maqola muallifi

Teglar

metro

Baholaganlar

275

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing