Metan “zapravkalar”dagi turnaqator navbatlarga izoh berildi (video)
Jamiyat
−
24 avgust 2023
21471Ijtimoiy tarmoqlarda metan “zapravka”larning yopiqligi, ochiqlarida ham uzun navbatlar yuzaga kelayotgani va gaz narxi ko‘tarilgani haqida xabarlar tarqaldi. Energetika vazirligi mazkur holatga munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, barcha metan “zapravka”larga avgust oyi uchun belgilangan limitga ko‘ra, tabiiy gaz to‘liq yetkazib berilgan hamda bu borada hech qanday cheklov kiritilmagan.
“Qaysidir metan “zapravka” o‘z faoliyatini vaqtincha to‘xtatib turgan bo‘lsa, demak, bu qandaydir texnik sabablar yoki boshqa bir omil tufayli bo‘lishi mumkin. Shuningdek, avval ta’kidlaganimizdek, metan “zapravka”larda sotiladigan bir kub gaz uchun belgilangan narx oshgani yo‘q”, deyiladi xabarda.
Vazirlik, shuningdek, aholi va boshqa toifadagi iste’molchilar qonunchilikda o‘rnatilgan tartibda belgilangan muddatlarda tabiiy gaz narxining oshirilishi haqida avvaldan ogohlantirilishini eslatib o‘tdi.
“Agar “zapravka”larda gaz narxining asossiz oshirilishi holatlariga guvoh bo‘lsangiz, O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasining 1159 raqamli “Ishonch telefoni”ga qo‘ng‘iroq qiling”, deyiladi Energetika vazirligining bu haqdagi munosabatida.
Akobir Sayidov
LiveBarchasi