“Metan zapravka”lar faoliyati yana cheklandi

Jamiyat

image

Havo harorati pasayishi sababli “metan zapravkalar” faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi. Bu haqda bugun, 20 yanvar kuni Energetika vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, iste’molchilarni energiya resurslari bilan uzluksiz ta’minlash maqsadida energetika tizimi 24 soatlik kuchaytirilgan ish rejimida faoliyat yuritmoqda. Hududlarda ishlarning borishi doimiy nazoratda bo‘lib, yuzaga kelayotgan nosozliklar zudlik bilan bartaraf etilmoqda. 

Qolaversa, havo haroratining keskin pasayishi sababli tabiiy gazga bo‘lgan talab oshgan hamda buning ortidan quvurlarda gaz bosimi ham pasaygan. 

“Shu sababli avtomobillarga gaz to‘ldirish kompressor shoxobchalari faoliyatiga vaqtincha cheklov kiritildi”, deyiladi xabarda. 

Qo‘shimcha qilinishicha, bu choralar faqat sovuq kunlarda aholi uchun barqaror ta’minotni ta’minlashga qaratilgan bo‘lib, vaziyat barqarorlashuvi bilan cheklovlar bekor qilinadi. Hududlardagi vaziyatga qarab qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi.

Vazirlikning bildirishicha, aholi ehtiyojlarini ta’minlash maqsadida ijtimoiy soha ob’ektlariga xizmat ko‘rsatuvchi hamda jamoat transport vositalari uchun gaz ta’minoti cheklovlarsiz, barqaror tarzda ta’minlanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Metan zapravka

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing