Meta so‘zidan qaytdi 

Texnologiya

image

Meta o‘zining Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida davlat rahbariga suiqasd qilish haqidagi chaqiriqlarning paydo bo‘lishiga yo‘l qo‘ymaydi. Bu haqda kompaniya vitse-prezidenti Nik Klegg ma’lumot berdi.  

Ta’kidlanishicha, Kleggning bayonoti kecha, 13 mart kuni Meta’ning ichki forumida paydo bo‘lgan. 

“Har qanday noaniqlikni bartaraf etish uchun biz platformalarimizda davlat rahbarining o‘limiga chaqiruvlarga yo‘l qo‘ymasligimizni tushuntirish uchun ko‘rsatmalarimizni yanada qisqartirmoqdamiz", deb yozgan Klegg. 

Avvalroq, Meta Platforms Ukrainadagi voqealarni hisobga olgan holda Facebook va Instagram ijtimoiy tarmoqlarida rossiyalik harbiylarga qarshi zo‘ravonlikka undashga qo‘yilgan taqiqni vaqtincha olib tashlagani aytilgandi. Yangi siyosat Rossiya Prezidenti Vladimir Putin va Belarus fuqarosi Aleksandr Lukashenkoning o‘limiga chaqiruvlarga ham ruxsat berar edi.  

Shundan so‘ng Rossiya Federatsiyasi Bosh prokuraturasi suddan Meta kompaniyasini ekstremistik tashkilot deb tan olishni va uning Rossiyadagi faoliyatini taqiqlashni so‘raganini ma’lum qildi. 

Eslatib o‘tamiz, Rossiyada bugun, 14 mart kuni Instagram ijtimoiy tarmog‘iga kirish cheklandi.


Maqola muallifi

Teglar

Meta

Baholaganlar

1060

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing