Meta kompaniyasi yana 10 ming xodimini ko‘chada qoldirmoqchi
Texnologiya
−
25 may 2023
4808Kecha, 24 may kuni Meta kompaniyasida ishlovchi 10 ming xodim ishdan bo‘shatilayotgani ma’lum bo‘ldi. Bu haqda SNN nashri xabar berdi.
Aytilishicha, kompaniya qisqartirishlar davom etayotganini tasdiqlashdan bosh tortgan, biroq ijtimoiy tarmoqlarda Meta kompaniyasining rahbari Mark Sukerbergning mart oyidagi postiga kompaniya bu yil 10 ming xodimni qisqartirishga qaror qilganini ishora qilgan.
Shuningdek, u avvalroq xodimlarni ishdan bo‘shatishning uchinchi va oxirgi bosqichi bo‘lishini aytgan edi. Bundan oldin kompaniyaning ishdan bo‘shatilgan a’zolari so‘nggi ikki oy ichida xabardor qilingan. Bundan tashqari, ba’zi kichikroq qisqartirishlar 2023 yil oxirigacha davom etishi mumkinligi ham Sukerberg tomonidan ta’kidlangan.
Eslatib o‘tamiz, 2022 yilning sentyabr oyida Meta xodimlariga qimmatli qog‘ozlarni topshirish bo‘yicha 87 314 kishini tashkil etgani haqida ma’lum qilgandi. Noyabr oyida kompaniya o‘z tarixidagi eng katta qisqartirish taxminan 13 foizi (11 ming ish o‘rnini) amalga oshirgan. Shuningdek, joriy yilning mart oyida 10 ming xodimni ishdan bo‘shatish bilan Meta xodimlarining umumiy soni 66 mingga tushgan.
Nurmuhammad Fayzullayev
LiveBarchasi