Meta, Google va Apple O‘zbekistonga 2024 yilda qancha soliq to‘lagani ochiqlandi
Texnologiya
−
28 yanvar
56862024 yilda Meta, Google, Apple va shu kabi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi xorijiy kompaniyalar O‘zbekistonda qariyb 116 mlrd so‘m soliq to‘lagan. Bu haqda Soliq qo‘mitasi tomonidan hisobot e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, O‘zbekistonda elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi 63 ta xorijiy kompaniya tomonidan 2024 yilda 115,8 mlrd so‘m soliq to‘langan. Bu 2023 yilga nisbatan 1,5 barobar ko‘p degani. To‘langan soliqlarning 99,9 foizi elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi quyidagi 10 ta xorijiy kompaniyalar hissasiga to‘g‘ri keladi:
- Meta - 41,7 mlrd so‘m;
- Google - 29 mlrd so‘m;
- Apple - 27,3 mlrd so‘m;
- Amazon - 4,1 mlrd so‘m;
- Vooking.som - 3,6 mlrd so‘m;
- Netflix - 1,4 mlrd so‘m;
- Zoom - 1,4 mlrd so‘m;
- Acca - 1,2 mlrd so‘m;
- Xsolla - 966,7 mln so‘m;
- TikTok - 903 mln so‘m.
Qayd etilishicha, elektron xizmatlar ko‘rsatuvchi chet el yuridik shaxslari o‘tgan chorakdan keyingi oyning 20-kunidan kechiktirmay soliq hisobotlarini taqdim etadi va soliqlarni to‘laydi.
LiveBarchasi
Trenddagilar


