Meta'da silkinish: kompaniya yana 10 ming xodimini bo‘shatmoqchi
Texnologiya
−
15 mart 2023
5487Facebook, Instagram ijtimoiy tarmoqlari va Whatsapp messenjeriga egalik qiluvchi Meta Platforms Corporation 10 ming xodimini ishdan bo‘shatishga tayyorlanayotganini ma’lum qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.
Bosh direktor Mark Sukerberg xodimlarga bergan bayonotida qisqartirishlar kompaniyaning yillik samaradorlik rejasining bir qismi ekanini aytgan.
Shuningdek, kompaniya 5000 ta mavjud bo‘sh ish o‘rinlari uchun xodimlarni yollashdan bosh tortgan.
“Menimcha, biz bu yangi iqtisodiy voqelik kelgusi yillar davomida saqlanib qolishi uchun tayyor bo‘lishimiz kerak”, deydi Sukerberg.
Kompaniyaning texnik bo‘linmalarida birinchi qisqartirishlar aprel oyining oxirida, biznes bo‘linmalarida esa may oyining so‘nggida boshlanadi.
Bu Meta'da so‘nggi olti oy ichida sodir bo‘lgan ommaviy ishdan bo‘shatishlarning ikkinchi csenariysidir. O‘tgan yilning noyabr oyida kompaniya 11 ming xodimni ishdan bo‘shatgandi.
LiveBarchasi