Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunladi

Sport

image

Germaniyalik futbolchi Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunlashga qaror qildi. Bu haqda u ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

“Men professional futboldagi faoliyatimni yakunlaganimni e’lon qilaman. Deyarli 17 yildan beri professional futbolchi bo‘lish sharafiga muyassar bo‘ldim va bu imkoniyatdan minnatdorman. Ammo so‘nggi haftalar va oylarda bir necha marta jarohat olganimdan so‘ng, katta futbolni tark etish vaqti kelgani tobora oydinlashdi. Bu unutilmas lahzalar va hissiyotlarga boy ajoyib sayohat edi. Men klublarimga rahmat aytmoqchiman: “Shalke 04”, “Verder”, “Real Madrid”, “Arsenal”, “Fenerbaxche”, “Istanbul Bashakshehir”. Shuningdek, meni qo‘llab-quvvatlagan murabbiylar va do‘stlarimga aylangan jamoadoshlarimdan ham minnatdorman”, deydi O‘zil.

Futbolchi o‘z muxlislariga ham rahmat aytib, bundan buyon e’tiborini ko‘proq oilasiga qaratishini ta’kidladi.

“Oila a’zolarim va eng yaqin do‘stlarimga alohida minnatdorlik bildiraman. Ular birinchi kundanoq mening sayohatimning bir qismi bo‘lib, yaxshi va yomon paytlarda menga juda ko‘p yordam berdi. Qanday sharoitda bo‘lishimdan va qaysi klub vakili bo‘lishimdan qat’iy nazar, menga shunchalik mehr ko‘rsatgan barcha muxlislarimga rahmat. Endi men go‘zal rafiqam Amina va ikki go‘zal qizim Eda va Ela bilan vaqtimni o‘tkazaman. Vaqti-vaqti bilan ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarimda meni ko‘rishingizga ishonchingiz komil bo‘lsin. Ko‘rishguncha!”, deya qo‘shimcha qildi futbolchi.


Maqola muallifi

Teglar

futbol Mesut O'zil

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing