Messining unvonlari soni bittaga ko‘paydi

Sport

image

Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) tomonidan oxirgi o‘n yillikdagi eng yaxshi pleymeyker deb topildi. 

Ta’kidlanishicha, g‘olib tashkilotning 2011 yildan 2020 yilgacha bo‘lgan yillik reyting natijalari asosida aniqlangan. 

Unga ko‘ra, argentinalik hujumchi 2015, 2016, 2017 va 2019 yillarda eng yaxshi pleymeyker unvoniga sazovor bo‘lgan. 2011, 2014, 2018 va 2020 yillarda esa ushbu nominatsiya bo‘yicha ikkinchi o‘rinni egallagan.

O‘n yillikdagi eng yaxshi pleymeyker reytingining ikkinchi pog‘onasidan Messining jamoadoshi Andres Inesta joy egallagan. "Real"ning xorvatiyalik yarim himoyachisi Luka Modrich kuchli uchlikni yakunlagan.

Shuningdek, kuchli beshlikdan Angliyaning "Manchester Siti" klubi yarim himoyachisi Kevin de Bryuyne va "Real"ning nemis yarim himoyachisi Toni Kroos ham o‘rin olgan. 

Top o‘ntalikka esa Eden Azar, Neymar, Mesut O‘zil, Andrea Pirlo va Yaya Ture kiritilgan. 

Shunisi e’tiborga loyiqki, "Yuventus" forvardi Krishtianu Ronaldu ro‘yxatga kiritilmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi

Baholaganlar

166

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing