Messining maoshi MLS tarixidagi rekord darajaga chiqdi

Sport

image

Futbol yulduzi Lionel Messi “Inter Mayami” bilan shartnomasini 2028 yil dekabrigacha uzaytirdi. Shu tariqa argentinalik futbolchi MLS’dagi eng ko‘p maosh oladigan futbolchiga aylandi. Bu haqda “El Nacional” xabar berdi.
 
“Inter Mayami” rahbarlaridan biri Xorxe Masning ma’lum qilishicha, Messining yangi shartnomadagi yillik maoshi 50–60 million dollar oralig‘ida bo‘ladi. Bu ko‘rsatkich uni MLS tarixidagi eng yuqori maosh oluvchi futbolchiga aylantiradi. Bundan tashqari, Messi futbolkalar va sport buyumlari savdosidan, shuningdek, Apple TV orqali MLS translatsiyalariga obunalar orqali ham qo‘shimcha daromad oladi.

38 yoshli hujumchi “Inter Mayami”ga 2023 yilda qo‘shilgan va klubning sport hamda tijorat jihatidan rivojlanishiga katta hissa qo‘shgan. Messi bu mavsumda jamoasini MLS pley-off bosqichiga olib chiqdi. “Inter Mayami” pley-off bosqichidagi dastlabki uchrashuvni joriy yilning 24 oktyabr kuni “Neshvill”ga qarshi o‘tkazadi. U hozirda “Inter Mayami” safida jami 71 ta gol urgan.

Shartnoma muddati tugaganda Messi 41 yoshda bo‘ladi va ko‘p ehtimol bilan bu Messining faoliyatining oxiri bo‘ladi.  Shuningdek, argentinalik yulduz 2026 yilda AQSH, Meksika va Kanadada o‘tadigan Jahon chempionatida ham ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Argentina amaldagi jahon chempioni sifatida bu turnirga keladi va Messi ketma-ket ikkinchi marta jahon chempioni bo‘lishni maqsad qilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq argentinalik hujumchi Lionel Messi AQSHning “Inter Mayami” klubi bilan shartnomasini uzaytirgan haqida xabar berilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

maosh “Inter Mayami” MLS Xorxe Mas

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing