Messi Argentina klubiga ötişi mumkin
Sport
−
11:44 358 2 daqiqa
AQŞning “Inter Mayami” klubi hujumçisi Lionel Messi 2027 yil yanvar oyida Argentinaning “Nyuells Old Boyz” jamoasiga ötişi mumkin. Bu haqda jurnalist Gonsalo Kalvigoni ma’lum qildi.
“Bu mavzu haqida ilk bor “Estadio 3” efirida gapirdik. Lionel Messi heç qaçon “Nyuells”ga qöşilişga bu qadar yaqin bölmagan! Bu 2027 yil yanvar oyida sodir bölişi mumkin”, deb yozdi jurnalist.
Messi 2023 yil yozidan buyon “Inter Mayami” şarafini himoya qilib kelmoqda. U klub tarixidagi eng yaxşi töpurar va golli uzatmalar böyiça yetakçi hisoblanadi. Argentinalik futbolçi jamoa safida 122 ta rasmiy uçraşuvda maydonga tuşib, 106 ta gol urgan. 2025 yilda esa barça musobaqalarda 43 ta gol kiritib, klubning bir mavsumdagi töpurarlik rekordini yangilagan.
Messi AQŞdagi faoliyati davomida MLS’da bir öyinda gol va golli uzatmalar böyiça bir qator rekordlarni qayd etdi. Argentinalik yulduz MLS tarixida ketma-ket beşta öyinda ikki martadan gol urgan birinçi futbolçi böldi. Şuningdek, u ketma-ket uç mavsumda kamida 15 tadan golli uzatma amalga oşirgan ilk öyinçi hisoblanadi. 2025 yilgi pley-offda esa bir mavsumda oltita gol va töqqizta golli uzatma qayd etib, rekord örnatdi.
Messi 2024 va 2025 yillarda MLS’ning eng qimmatli futbolçisi deb topildi. U ketma-ket ikki mavsumda uşbu sovrinni qölga kiritgan birinçi futbolçi böldi. 2025 yilgi mavsumda 29 ta gol bilan liganing eng yaxşi töpurariga ham aylandi.
Hujumçi “Inter Mayami” bilan Liga kubogi, MLS kubogi, Çempionlar kubogi va Şarqiy konferensiya çempionligini qölga kiritgan. Uning Amerika klubi bilan amaldagi şartnomasi 2028 yil oxiriga qadar davom etadi.
Live
Barchasi27 Oktyabr