Messi “Inter Mayami” bilan shartnomasini uzaytirdi (video)
Sport
−
23 Oktabr 2950 1 daqiqa
Argentinalik hujumchi Lionel Messi AQSHning “Inter Mayami” klubi bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klubning ijtimoiy tarmoqlardagi rasmiy sahifalarida xabar berildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, yangi kelishuv 2028 yilning dekabrigacha mo‘ljallangan. Qayd etish joiz, Messi 2023 yilning yozidan beri Amerika klubi safida to‘p suradi. U “Inter Mayami” bilan jami 82 ta o‘yin o‘tkazib, 71 ta gol urgan.
Ma’lumot uchun, hozirda Messiga 38 yoshda. U sakkiz karra “Oltin to‘p” va olti karra “Oltin butsa” sohibi hisoblanadi. U Ispaniya chempionati, “Barselona” klubi va Argentina terma jamoasi tarixidagi eng yaxshi to‘purar sanaladi. Shuningdek, Messi milliy jamoa bilan ikki marta Amerika Kubogini (2021, 2024), “Finalissima”ni (2022) va 2022 yilgi Jahon chempionati g‘olibligini qo‘lga kiritgan.
Live
Barchasi