Messining butsalari auksionda 143,5 ming yevroga sotildi 

Sport

image

Avvalroq, “Barselona” futbol klubining argentinalik hujumchisi Lionel Messi braziliyalik Pelening bir klubga gol urish bo‘yicha rekordini yangilagan butsalarini Kataloniya milliy san’at muzeyiga sovg‘a qilgani haqida xabar bergandik. 

Lionel Messining muzeyga topshirgan butsalari kimoshdi savdosida sotildi.  

"Barselona" hujumchisining bir juft sport poyabzali 125 ming funt sterling (143,5 ming yevro) evaziga bolg‘a ostiga tushdi. 

Lotni sotishdan tushadigan barcha mablag‘ Barselonadagi Vall de Xebron universiteti shifoxonasi tomonidan amalga oshirilgan sog‘liqni saqlash loyihasini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. 

Messi o‘sha o‘yinda Nemeziz modeli butsalarini kiygan edi. Ularda sportchining imzosi bor. 

Ma’lumot o‘rnida, Messi o‘tgan yilning 23 dekabr kuni Ispaniya chempionatida “Valyadolid” darvozasini ishg‘ol qildi va Pelening 643 gol bilan o‘rnatgan rekordidan o‘zib ketdi. 


Maqola muallifi

Teglar

Messi butsa

Baholaganlar

36

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing