Messining birinchi o‘qituvchisi shogirdiga xat yozdi
Sport
−
17 dekabr 2022 29483 1 daqiqa
Lionel Messining birinchi ustozi JCH-2022 finali oldidan futbolchiga xat yo‘lladi. Bu haqda "Super Deportivo" radiosi xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Messining birinchi ustozi Rosariodagi Messi ulg‘aygan ko‘chadan o‘ta turib, Leoni eslagan va unga kichik xat yozishga qaror qilgan.
"Salom Messi. Sizning ustozingiz bo‘lganim uchun Xudoga shukr qilaman. Hech qachon o‘zgarmang. Siz oddiy, kamtar, ajoyib insonsiz. Hayotingizning bir qismi ekanligimdan faxrlanaman. Qattiqqo‘l bo‘lganim uchun uzr. Muvaffaqiyatsizliklar paytida bizga ajoyib baxt keltirganingiz uchun minnardorlik bildiraman. Men tush ko‘rmayotganimni bilish uchun sizni quchoqlashni istardim. Finalda omad tilayman. Biz sizni yaxshi ko‘ramiz", deb yozgan Monika Domino.
Eslatib o‘tamiz, Argentina terma jamoasi Messi boshchiligida ikkinchi marta JCH finaliga yo‘l oldi. Oxirgi marta janubiy amerikaliklar 2014 yilda mundial finaliga chiqib, Germaniyaga imkoniyatni boy bergandi. Ertaga, 18 dekabr kuni JCH-2022ning hal qiluvchi bahsida Argentina Fransiya terma jamoasi bilan bahs olib boradi.
Live
Barchasi