Messiga havas qiluvchi o‘zbek futbolchisi Rossiya chempionatida jamoasining birinchi, besh yuzinchi goliga mualliflik qildi

Sport

image

O‘tgan hafta shanba kunidan etiboran, futbol bo‘yicha Rossiya ichki chempionatining yangi mavsumiga start berildi.

Tarkibida O‘zbekiston Milliy terma jamoasi hujumchisi Eldor Shomurodov to‘p surayotgan “Rostov” klubi 1-turda o‘z maydonida tarkibida boshqa bir o‘zbekistonlik futbolchi – Vadim Afonin harakat qilayotgan “Orenburg” jamoasini qabul qildi.

Uchrashuv to‘liq mezbonlarning ustunligi ostida o‘tdi. O‘yinning birinchi taymida 11-daqiqadayoq o‘yindan oldngi intervyusida Ronaldudan ko‘ra, Messini ko‘proq yoqtirishini ma’lum qilgan O‘zbekiston terma jamoasining asosiy hujumchisi Eldor Shomurodov “Rostov”ni hisobda oldinga olib chiqdi. E’tiborlisi, bu gol hujumchining joriy mavsumdagi jamoasining va o‘zining ilk goli sifatida tarixda qoldi. Bundan tashqari, bu gol “Rostov”ning RPL tarixidagi 500-yubeley goliga aylandi.

“Rostov” klubi birinchi taym yakuni arafasida Ionovning goli evaziga hisobni 2:0 ko‘rinishiga keltirib qo‘ydi. Ikkinchi bo‘limda raqiblar “Orenburg”dan Despotovich gol kiritib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.

Rossiya Premer ligasi 1-tur.
Rostov – Orenburg 2:1 (2:0, 0:1).
“Rostov-Arena” stadioni.

Gollar: 1:0 – Shomurodov (11), 2:0 – Ionov (42), 2:1 – Despotovich (49).

Rostov: Pesyakov, Kozlov (Logashov, 75), Chernov, Sigurdsson, Chistyakov, Yeremenko, Bayramyan (Zuyev, 67), Popov, Ionov, Normann, Shomurodov (Sigurdarson, 82).

Orenburg: Dovbnya, Malix, Shaxov, Kozlov, Terexov, Mishkich, Afonin, Rikardu Alvesh (Kulishev, 61), Malyarov (Ayupov, 72), Sivakov, Despotovich.

Ogohlantirishlar: Bayramyan (26), Malyarov (43), Sivakov (52), Normann (54), Afonin (81).


Maqola muallifi

Teglar

RPL Eldor Shomurodov Rostov

Baholaganlar

28

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing