Messi va otamni faqat futbolni tushunmaydiganlar solishtiradi – kichik Maradona

Sport

image

Argentinalik afsonaviy futbolchi Diyego Maradonaning o‘g‘li kichik Maradona JCH-2022 guruh bosqichi 1-turida Saudiya Arabistoniga qarshi o‘yinda (1:2) Argentina terma jamoasining mag‘lubiyatidan so‘ng o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Messi va otamni faqat futbolni tushunmaydiganlar solishtiradi. Gap ikki xil sayyora haqida ketyapti, lekin men Messi boshchiligidagi terma jamoaning  mag‘lubiyatidan xafa bo‘ldim. Argentinaning Saudiya Arabistoniga yutqazganiga ishonish qiyin. Ammo futbolda shunday holatlar ham bo‘ladi", deydi Maradona Jr.

Qatarda bo‘lib o‘tayogan JCH-2022 guruh bosqichi 1-turidan so‘ng Saudiya Arabistoni 3 ochko bilan "S" guruhi peshqadami bo‘lib turibdi. Meksika (1) va Polsha (1) jamoalari ikkinchi va uchinchi o‘rinlarni bo‘lishib turibdi. Argentina terma jamoasi guruhda oxirgi pog‘onani band etgan.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Maradona

Baholaganlar

133

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing