Messi terma jamoadagi faoliyatini yakunladi – OAV

Sport

image

Argentinalik hujumchi Lionel Messi milliy terma jamoadagi so‘nggi o‘yinini o‘tkazganini jamoadoshlariga ma’lum qildi. Bu haqda jurnalist Ernan Kastilo ijtimoiy tarmog‘ida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Messi Jahon chempionati finalida Ispaniyaga qarshi o‘yindan so‘ng kiyinish xonasida nutq so‘zlagan va terma jamoada boshqa o‘ynamasligini ma’lum qilgan. Argentina terma jamoasi mazkur uchrashuvda qo‘shimcha vaqtda 0:1 hisobida mag‘lub bo‘lgandi.

39 yoshli futbolchi 2023 yildan buyon MLS vakili “Inter Mayami” klubi safida to‘p tepib kelmoqda. U Yevropada “Barselona” va “Pari Sen-Jermen” klublari sharafini himoya qilgan.

Messi “Barselona” bilan to‘rt marta Chempionlar ligasi, uch marta UEFA Superkubogi va uch marta klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib chiqqan.

Argentina terma jamoasi safida u 2022 yilgi Jahon chempionati g‘olibi bo‘lgan, 2014 va 2026 yillarda esa mundial finaliga qadar yetib borgan. Shuningdek, Messi 2008 yilgi Olimpiada chempioni hamda 2021 va 2024 yillarda o‘tkazilgan Amerika Kubogi g‘olibi hisoblanadi.

Lionel Messi sakkiz marta “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritib, ushbu mukofotni eng ko‘p olgan futbolchi sifatida rekord o‘rnatgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Argentina futbol assotsiatsiyasi Jahon chempionati finalidan so‘ng Messiga atab ta’sirli murojaat yo‘llagandi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing