Messi omadsiz seriyasiga barham bera olmayapti

Sport

image

Argentinalik to‘p ustasi Lionel Messi 8 ta rasmiy uchrashuvdan beri Braziliya darvozasiga gol ura olmayapti. Bu haqda “Transfermarkt” xabar berdi.

Bugun, 22 noyabr tongida Argentina 2026-yilgi Jahon chempionati saralashi doirasida Braziliyani mag‘lub etdi (1:0). Uchrashuvda Messi hech qanday samarali harakatlarni amalga oshira olmadi. 

Messi terma jamoada Jahon chempionati saralashida 5 ta o‘yin o‘tkazdi. U 2007, 2019 va 2021 yillarda o‘tkazilgan Amerika kubogida Pele vatandoshlari darvozasini ishgg‘ol qilishni uddalagan.

Braziliyaga qarshi 6 ta o‘rtoqlik o‘yinida Messi 5 ta gol urgan. Messi Braziliya darvozasiga gol urgan barcha o‘rtoqlik o‘yinlari Janubiy Amerikadan tashqarida o‘tkazilgan.

Ta’kidlash joiz, Jahon chempionati saralashi doirasida o‘tkazilgan Braziliya-Argentina bahsida Maradona vatandoshlari kichik hisobda zafar quchdi. Uchrashuvdagi yagona golga Nikolas Otamendi mualliflik qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel' Messi Braziliya Argentina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made