Messi maydonda deyarli hamma narsani mukammal darajada bajaradi – Mbappe

Sport

image

“Real Madrid” hujumchisi Kilian Mbappe “Inter Mayami” futbolchisi Lionel Messi bilan birga o‘ynagan vaqtlari haqida gapirdi. Bu haqda u “The Bridge” shousida so‘z ochdi.

Ikkala yulduz futbolchi 2021-2023 yillarda “Pari Sen-Jermen” safida birga harakat qilgan.

“Messi? U maydonda deyarli hamma narsani mukammal darajada bajaradi.

Sizga bir voqeani aytib bersam. PSJda mashg‘ulot payti edi. Biz zarba berish ustida ishlayotgandik. Men va Neymar eng yaxshi natijalarni ko‘rsatayotgandik – har ikkimiz ham taxminan 6-7 tadan gol urdik va o‘zimizni yaxshi formadamiz deb o‘yladik.

Keyin esa Messi keldi. Unga qarab turib, oddiy mashg‘ulot ham qanday san’at darajasiga chiqishi mumkinligini tushunib yetasiz. U 10 marta zarba berdi – shulardan 9 tasi golga aylandi. Eng hayratlanarlisi esa u har safar deyarli bir xil uslubda, bir xil aniqlik bilan to‘pni darvozaga joyladi”, deydi fransiyalik futbolchi.

Eslatib o‘tamiz, yaqinda 38 yoshli Messi butun faoliyatidagi gollari soni bo‘yicha 900 lik marrani zabt etgandi. Ayni vaqtda uning hisobida 902 ta gol mavjud. Undan oldinda faqat “Al-Nasr” va Portugaliya terma jamoasi hujumchisi Krishtianu Ronaldu bor. Uning hisobida hozirda 965 ta gol mavjud.

Ramazon Usanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Messi Mbappe maydon

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing