Messi “Manchester Siti” xo‘jayini bilan 5 yillik kelishuvga erishdi

Sport

image

“Barselona” hujumchisi Lionel Messi Angliyaning “Manchester Siti” klubi xo‘jayini hisoblangan City Football Group xoldingi bilan kelishuvga erishdi. Bu haqda “Sprots.ru” xabar berdi.

Manba ma’lumotiga ko‘ra, tomonlar 5 yillik shartnomaga kelishib olgan. Shartnoma qiymati 700 mln yevro.

33 yoshli argentinalik 3 yil “Manchester Siti”da o‘ynaydi, keyin esa xoldingning boshqa bir klubi “Nyu-York Siti”da ikki mavsum o‘tkazadi.

Messiga to‘lov uchun City Football Group xoldingining hissasi taklif qilindi. Biroq futbolchi pullik to‘lvoni afzal ko‘rishi mumkin. Chunki xolding aksiyalariin baholashda qiyinchilik yuzaga kelishi mumkin.

Avvalroq, “Barselona” Messiga klubni qonuniy tark etishi uchun bir yil futbol o‘ynamasligi va maoshidan voz kechishi kerakligini aytgandi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Chempionlar ligasining chorakfinalida “Bavariya”ga 2:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin klub bosh murabbiyi Kike Seten iste’foga chiqarildi.

Klubga niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman bosh murabbiy bo‘ldi. U Messi bilan alohida suhbatlashganda, hujumchi endilikda klubda alohida mavqega ega bo‘lmasligini aytgan. Shundan so‘ng, Messi jamadonini yig‘ib, ketish harakatiga tushib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi

Baholaganlar

1724

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing