Messi La Liga rekordini yangiladi
Sport
−
23 aprel 2021 12494 1 daqiqa
Kataloniyaning "Barselona" klubi hujumchisi Lionel Messi La Liga rekordini yangiladi.
Argentinalik futbolchi ketma-ket 12 mavsumda kamida 25 ta gol urgan yagona futbolchi bo‘ldi.
Futbolchi Ispaniya chempionatining "Xetafe"ga qarshi o‘yinida dubl qayd etdi. Uchrashuv 5:2 hisobida "ko‘k-anorranglilar" foydasiga hal bo‘ldi.
2003 yildan beri jamoaning asosiy tarkibida to‘p surayotgan Messi Ispaniyaning o‘n karra chempioniga aylangan, olti marta mamlakat kubogini, sakkiz marta mamlakat superkubogini, to‘rt marta Chempionlar Ligasini yutgan, shuningdek, klublar o‘rtasidagi Jahon kubogini uch marta qo‘lga kiritgan.
Ushbu mavsumda Messi 36 ta o‘yin o‘tkazib, 30 ta gol urgan.
Avvalroq, Messi joriy mavsumdan so‘ng klub bilan yangi shartnoma borasida muzokaralarni boshlashi haqida xabar bergandik.