Messi Kuman bilan kelisholmadi. U “Barselona”dan ketadi

Sport

image

“Barselona” klubi hujumchisi Lionel Messi yangi bosh murabbiy Ronald Kuman bilan suhbatdan keyin jamoani tark etishga qaror qildi. Bu haqda “As” nashri xabar berdi.

Suhbat davomida niderlandiyalik mutaxassis Messiga ortiq jamoada alohida mavqega ega bo‘lmasligini aytgan.

Shundan so‘ng, Messi klubni tark etishi haqida rahbariyatni ogohlantirgan. Buning ortidan “Barselona”da shoshilinch yig‘ilish o‘tkazilgan. Yig‘ilish tafsilotlari haqida hozircha ma’lumot mavjum emas.

Ammo klub Messini qo‘yib yuborishni istamasa, futbolchi shartnomani muddatidan avval tugatish bo‘yicha qayta so‘rov yubormoqchi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Chempionlar ligasining chorakfinalida “Bavariya”dan 2:8 hisobida qaqshatqich mag‘lubiyatga uchragach, klub bosh murabbiyi Kike Seten iste’foga chiqarildi.

Uning o‘rnini niderlandiyalik mutaxassasis Ronald Kuman egalladi.


Maqola muallifi

Teglar

Lionel Messi

Baholaganlar

545

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing