“Barselona” Messini sotishga rozi bo‘ldi

Sport

image

Angliyaning “Manchester Siti” klubi “Barselona”ni Lionel Messini sotishga ko‘ndirdi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.

“Barselona” Messini 280 mln yevrodan kam summaga qo‘yib yubormoqchi emas. Shuningdek, 134 mln yevro va “shaharliklar”ning uch o‘yinchisi evaziga ham kelishuv tuzilishi mumkin.Taxminlarga ko‘ra, bular Jezus, Garsiya va Bernardu Silva bo‘ladi.

Messining “Barselona” bilan shartnomasida belgilangan 700 mln yevro badal to‘lanishi belgilangan. Ammo bu summa amal qilmaydi.

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” Chempionlar ligasining chorakfinalida “Bavariya”ga 2:8 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Qaqshatqich mag‘lubiyatdan keyin klub bosh murabbiyi Kike Seten iste’foga chiqarildi.

Klubga niderlandiyalik mutaxassis Ronald Kuman bosh murabbiy bo‘ldi. U Messi bilan alohida suhbatlashganda, hujumchi endilikda klubda alohida mavqega ega bo‘lmasligini aytgan. Shundan so‘ng, Messi jamadonini yig‘ib, ketish harakatiga tushib qoldi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel Messi

Baholaganlar

746

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing