Messi Ikardi bilan janjallashdi. PSJga Aguero kerak

Sport

image
0:00
0:00
download

Argentina va PSJ futbolchisi Lionel Messi argentinalik Mauro Ikardi bilan munosabatlari sababli klub rahbariyatidan Serxio Agueroni jamoaga olib kelishni so‘radi. Bu haqda “Mirror” nashri xabar berdi.

Qayd etilishicha, Leo jamoadoshi Mauro Ikardi bilan janjallashib qolgan va u bilan ortiq bir jamoada o‘ynashni istamaydi. Messi Mauro va Serxio Agueroning o‘zaro almashtirilishini kutmoqda.

Ma’lumot uchun, Aguero joriy yilning iyun oyida “Barselona” safiga kelib qo‘shilgan va kataloniyaliklar bilan 2023 yilgacha shartnoma tuzgan. Messi jamoadan ketgach, 10-raqamni unga taklif qilishgan, biroq Serxio bu taklifni rad etgandi.

Joriy mavsumda Ikardi 11 o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urgan. O‘z navbatida Aguero “ko‘k-anorranglilar” safida faqat bitta rasmiy o‘yinda maydonga tushdi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Lionel' Messi PSJ Mauro Ikardi Serxio Aguero Argentina

Baholaganlar

418

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing