Messi Bekxemning jamoasiga o‘tishi mumkin

Sport

image

PSJ hujumchisi Lionel Messi ” klubiga o‘tishi mumkin. Bu haqda “Marca” gashri xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, argentinalik futbolchi Devid Bekxefmga tegishli bo‘lgan klub bilan 2023 yilda shartnoma imzolashi mumkin. Avvalroq 34 yoshli Messi Mayamida ko‘chmas mulk sotib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Messi 2021 yilning yozida PSJ bilan shartnoma imzolagan. Chunki La ligadagi moliyaviy qiyinchiliklar tufayli “Barselona” u bilan shartnomani uzaytira olmadi. Messi Parij klubi tarkibida Fransiya chempionatida 11 ta o‘yin o‘tkazgan va 1 ta gol urib, 4 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Shuningdek, UEFA Chempionlar ligasida raqiblar darvozasini 5 marta ishg‘ol qilgan.

Ma’lumot uchun, Leo 2021 yilning noyabr oyida “Oltin to‘p”ni qo‘lga kiritdi. Bu sovrin argentinalik futbolchi uchun faoliyatidagi yettinchisi bo‘ldi.
 


Maqola muallifi

Teglar

Messi Bekxem “Inter Mayami

Baholaganlar

480

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing