Messi “Barselona”ning yangi rekordini o‘rnatdi 

Sport

image

"Barselona" hujumchisi Lionel Messi La Ligada eng ko‘p maydonga tushish bo‘yicha klubning yangi rekordini o‘rnatdi. 

Futbolchi kecha, 21 fevral kuni "Kadis"ga qarshi o‘yinda maydonga tushdi. 

Ushbu uchrashuv forvard uchun 506-o‘yin bo‘ldi. 

Yuqoridagi ko‘rsatkich bo‘yicha Messi La Ligada 505 marta maydonga tushgan Xavini ortda qoldirdi. 

Ma’lumot o‘rnida, Messi Ispaniya chempionatidagi ilk o‘yinini 2004 yilning oktyabr oyida "Espanol"ga qarshi o‘tkazgan. 

Avvalroq, "Barselona" hujumchisi Messi "Real"ning sobiq hujumchisi Raul Gonsalesning rekordini takrorlagani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Messi

Baholaganlar

392

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing