Merkel Yevropa mamlakatlarini “uyg‘onishga” chaqirdi

Olam

image

Germaniya kansleri Angela Merkelning ta’kidlashicha, Yevropa mamlakatlari Qo‘shma Shtatlar sayyorada dunyo yetakchisi rolini o‘ynashni istamayotgan joylarda, o‘z roli haqida o‘ylashi kerak. Bu haqda “The Guardian” nashri yozmoqda.

“Qo‘shma Shtatlarning jahon derjavasi bo‘lish istagi bo‘lgan. Biz buni ko‘rib-bilib ulg‘aydik. Agar AQSH endi bu rolni o‘z xohish-irodasi bilan o‘ynashni to‘xtatmoqchi bo‘lsa, biz bu haqda jiddiy o‘ylashimiz kerak”, dedi kansler.

Nashrning yozishicha, uning so‘zlari Trampning Fransiyadagi NATO harbiy kontingentining sonini kamaytirish to‘g‘risidagi qaroriga javob bo‘ldi. AQSH rahbari Germaniya alyans doirasida mudofaa uchun yetarli mablag‘ sarflamayotganini tanqid qilgan edi.

Shu munosabat bilan Merkel Germaniya o‘zining harbiy salohiyatini rivojlantirish borasidagi sa’y-harakatlarini davom ettirishini qo‘shimcha qildi.


Maqola muallifi

Teglar

Angela Merkel'

Baholaganlar

247

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing