Merkel yana e’tibor markazida. U Rossiya va Ukraina o‘rtasida dallollik qilishi mumkin

Olam

image

Germaniyada Ukraina inqirozini hal qilishda vositachi roli uchun sobiq kansler Angela Merkel nomzodi taklif qilindi. Ushbu fikr Germaniya Bundestagidagi “So‘llar” partiyasi fraksiyasi hamraisi Ditmar Barch tomonidan ilgari surilgan.  

Merkel Germaniya hukumatini 2005 yildan 2021 yilgacha — 16 yil boshqargan. 

“U mojaroning har ikki tomonida vaziyatni tinchlantirish nufuziga ega”, degan Barch. 

Uning fikricha, kansler Olaf Shols hukumati Merkel o‘ynagan vositachilik rolini o‘ynamaydi. Shu munosabat bilan Barch mamlakatning amaldagi hukumatiga “Fransiya bilan birgalikda Merkelni Rossiya va Ukraina o‘rtasida mumkin bo‘lgan tinchlik vositachisi sifatida tanlashni” taklif qilgan. 

Ma’lumot o‘rnida, 2018 yilda Merkel beshinchi muddatga kanslerlikka nomzodini qo‘ymasligini e’lon qildi. 2021 yil dekabrida u Germaniya hukumati rahbarligidan rasman ketdi. 

Sobiq kansler iste’foga chiqqanidan keyin siyosiy lavozimlarda ishlamoqchi emasligini bir necha bor aytgan.


Maqola muallifi

Teglar

Merkel'

Baholaganlar

284

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing