Merkel lavozimidan ketganidan so‘ng nima qilishini aytdi 

Olam

image

Germaniya kansleri vazifasini bajaruvchi Angela Merkel lavozimini tark etganidan keyin nima bilan band bo‘lishi borasida aniq rejalari yo‘qligini, biroq endi siyosat bilan shug‘ullanmasligini ma’lum qildi. 

“Men siyosiy mojarolarni hal qilmayman — bu bilan ko‘p yillardan buyon shug‘ullanyapman: 16 yil davomida Federal kansler sifatida Yevropa Ittifoqida, xalqaro miqyosda mamnuniyat bilan doimo multilateralizmni yoqlab kelganman. Hozir esa nima qilishimni hali bilmayman. Allaqachon aytgan edim: avval biroz dam olaman, keyin hayolimga nima kelishini ko‘ramiz”, degan u “Deutsche Welle”ga bergan intervyusida. 

Shuningdek, u nafaqaga chiqqandan keyin “o‘qish va uxlash”ga e’tibor qaratishini aytgan. 

“Menimcha, keyin boshqa rejalar ham xayolimga keladi. Shunchaki, ko‘p yillar davomida men o‘zimga berilgan kun tartibiga to‘liq e’tibor qaratganman va men har doim tayyor bo‘lishim kerak edi. Hukumat rahbarining vazifalaridan biri, agar biror narsa sodir bo‘lsa, darhol harakat qilishdir. Endi men nima qilishni xohlayotganimni ko‘raman”, deya qo‘shimcha qilgan Merkel. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, buning uchun ikki oycha vaqt ketadi. 

Ma’lumot o‘rnida, Merkel 2005 yildan beri (to‘rt muddat) Germaniya kansleri lavozimini egallab kelgan, shuningdek, Xristian-Demokratik Ittifoqiga raislik qilgan. U 2018 yilda keyingi muddat oxirida lavozimidan ketishini e’lon qilgan. U navbatdagi saylovlarga uch yil qolganida yosh siyosatchilar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va partiyani tayyorlashi uchun bayonot bergan. Hukumat rahbari Merkelning vakolat muddati tugashi haqidagi xabar 26 oktyabr kuni e’lon qilingan. U yangi Vazirlar Mahkamasi shakllanmaguncha kansler lavozimida ishlaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Merkel'

Baholaganlar

225

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing