Merkel “soya idora” yaratishda ayblanmoqda
Olam
−
17 noyabr 2021
7413Angela Merkel Germaniya kansleri lavozimini tark etgach, uning idorasida to‘qqiz kishi ishlaydi, moliyalashtirish Mudofaa vazirligidagi foydalanilmagan lavozimlar hisobidan ta’minlanadi. Bu haqda Moliya vazirligi hujjatiga tayanib xabar berilgan.
Ta’kidlanishicha, idora rahbari va uning o‘rinbosari 10,4 ming yevro maosh oladi. Shuningdek, idorada ikkita yordamchi, kotiba va haydovchi ishlaydi.
2019 yilda Byudjet bo‘yicha bundestag qo‘mitasi bunday byurolar xodimlarini davlat byudjetidan to‘lanadigan beshta lavozim bilan cheklash uchun ovoz bergan.
“Merkel xonim o‘zini har doim kamtarin kansler sifatida ko‘rsatib kelgan. Shubhasiz, bu tugadi. Uning bo‘lajak byurosining mo‘l-ko‘l jihozlari u kanslerning “soyali” bo‘limini yaratmoqchi degan taassurot uyg‘otadi. Ko‘rinishidan, hozirgi Moliya vaziri (Olaf) Shols uning oldida qulog‘igacha qarzga botgan. Aks holda, xodimlarning ortiqcha ta’minlanishini tushuntirib bo‘lmaydi”, degan “So‘llar” partiyasi vakili Gezine Lyotssh.
Ma’lumot o‘rnida, hokimiyatdan ketayotgan Merkel 15 ming yevroga yaqin pensiya olishi kutilmoqda.
Merkel 2005 yildan beri (to‘rt muddat) Germaniya kansleri lavozimini egallab kelgan, shuningdek, Xristian-Demokratik Ittifoqiga raislik qilgan. U 2018 yilda keyingi muddat oxirida lavozimidan ketishini e’lon qilgan. U navbatdagi saylovlarga uch yil qolganida yosh siyosatchilar mas’uliyatni o‘z zimmasiga olishi va partiyani tayyorlashi uchun bayonot bergan. Hukumat rahbari Merkelning vakolat muddati tugashi haqidagi xabar 26 oktyabr kuni e’lon qilingan. U yangi Vazirlar Mahkamasi shakllanmaguncha kansler lavozimida ishlaydi.
LiveBarchasi
Medvedev Xitoyga bordi.
10:15