Merkel rossiyalik “pranker”lar qurboniga aylandi
Olam
−
20 fevral 2023
14406Rossiyalik "pranker"lar Vladimir Kuznetsov va Aleksey Stolyarov Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkelga prank uyushtirdi. Bu haqda “Deutsche Welle” nashri ma’lum qildi.
Qayd etilishicha, bu ikki "pranker" Merkelga Tashqi ishlar vazirligi nomidan qo‘ng‘iroq qilgan. Suhbat chog‘ida ulardan biri o‘zini Ukrainaning sobiq prezidenti Pyotr Poroshenko deb tanishtirgan.
Bugun, 20 fevral kuni Merkelning Berlindagi idorasi suhbat haqiqatan ham bo‘lib o‘tganini ma’lum qildi.
“Men o‘zini sobiq prezident Pyotr Poroshenko deb ko‘rsatgan abonent bilan telefon suhbati bo‘lib o‘tganini tasdiqlashim mumkin”, deydi Merkelning matbuot kotibi.
Ma’lum qilinishicha, suhbatda o‘zini Poroshenko deb tanishtirgan yigit Merkelga 2014 yildagi Minsk kelishuvi bo‘yicha savol bergan.
Merkel esa muhokama qilinayotgan narsa suhbatdoshlar o‘rtasida qolishi va OAV e’tiboriga tushmasligini istashini bildirgan.
LiveBarchasi