Merkel Putinga yoqadigan taklif bilan chiqdi
Olam
−
30 Sentabr 2022
37392Germaniyaning sobiq kansleri Angela Merkel (u bu lavozimda 2005-2021-yillarda ishlagan – tahr.) umumevropa xavfsizlik arxitekturasini yaratish bo‘yicha ish olib borish, kelajakda uni yaratishda Rossiya ham ishtirok etishi kerak, deb hisoblaydi. Bu haqda u kecha, 29 sentyabr kuni Goslar shahridagi tadbirda aytgan.
Vazirlar Mahkamasining sobiq rahbari Ukrainadagi harbiy amaliyotni yana bir bor qattiq tanqid qilib, buni xalqaro huquqning buzilishi deb atadi.
Shu bilan birga, uning so‘zlariga ko‘ra, “Rossiya ishtirokida umumiy Yevropa xavfsizlik arxitekturasi” ustida ishlashni davom ettirish zarur, hatto, buning uchun katta sabr-toqat kerak bo‘lsa ham.
Avvalroq Merkel Rossiya Prezidenti Vladimir Putinning Rossiyani himoya qilish uchun mavjud barcha qurollardan foydalanish ehtimoli haqidagi bayonotlarini jiddiy qabul qilishga chaqirgandi. Uning fikricha, uning so‘zlarini jiddiy qabul qilish zaiflik emas, balki siyosiy donolik belgisidir.
Bungacha Merkel Rossiya va Ukraina o‘rtasidagi mojaro rivojlanishining keyingi bosqichida uni hal qilishda vositachi bo‘lishi mumkinligini aytgan edi. Siyosatchining qo‘shimcha qilishicha, Germaniya kansleri lavozimidan ketishidan biroz oldin u Ukraina inqiroziga yechim topishga urinishgan, ammo, uning so‘zlariga ko‘ra, ular besamar ketgan.