Merkel Germaniyaning o‘zidan keyingi hukumatidan nima kutayotganini aytdi

Olam

image

Germaniya kansleri Angela Merkel mamlakatning yangi hukumati “yevropaparast” bo‘lishiga ishonch bildirdi.  

“Ishonch bilan ayta olamanki, bu Yevropaning tinchlik va ozodlik uchun qanday ahamiyatga ega ekanligini biluvchi yevropaparast hukumat bo‘ladi”, degan Merkel Belgiya Bosh vaziri Aleksandr de Kroo bilan qo‘shma matbuot anjumanida. 

Merkelning ta’kidlashicha, bu Yevropa Ittifoqiga a’zo boshqa davlatlar uchun muhim xabar. 

Merkelga ko‘ra, u yangi hukumat ko‘p jihatdan hozirgi hukumat boshlagan ishni davom ettirishini kutadi, lekin “yangi aksentlar” ham bo‘ladi. 

Ma’lumot uchun, joriy yilning 26 sentyabr kuni Germaniyada mamlakat parlamenti – Bundestagga saylovlar bo‘lib o‘tdi. Amaldagi kansler, XDS sobiq rahbari Angela Merkel saylovlarda ishtirok etmadi. U hukmron koalitsiya tuzilib, yangi kansler tayinlangandan keyin o‘z lavozimini tark etadi. Bu jarayon esa 1 oydan yarim yilgacha vaqt talab qilishi mumkin.   

Avvalroq, germaniyalik haykaltarosh Vilgelm Kox mamlakat kansleri Angela Merkelning otliq haykalini namoyish qilgani haqida xabar bergandik.


Maqola muallifi

Teglar

Germaniya Merkel'

Baholaganlar

97

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing