“Merhaba, asker!” – Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul bilan turk tilida salomlashdi (video)

Jamiyat

Avval xabar berganimizdek, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ayni vaqtda rasmiy tashrif bilan Turkiya Respublikasida bo‘lib turibdi. 

Biroz avval Turkiya Respublikasi Prezidentining poytaxt Anqarada joylashgan “Beshtepa” saroyida oliy martabali mehmonni rasmiy kutib olish marosimi bo‘lib o‘tdi. 

Turkiya Respublikasi Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevni saroy darvozasi yoniga kelib to‘xtagan kortej yonigacha borib qarshi oldi. Davlat rahbarlari samimiy quchoq ochib ko‘rishdilar. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti sharafiga faxriy qorovul saf tortdi. Avval O‘zbekiston Respublikasi, ortidan Turkiya Respublikasi Davlat madhiyalari yangradi. 

Prezident Shavkat Mirziyoyev faxriy qorovul bilan turk tilida “Merhaba, asker!” deya salomlashgach, tashrif hay’ati – delegatsiya a’zolari tanishtirildi. Shundan so‘ng, davlat rahbarlari saroy ichkarisi tomon yo‘l oldilar. 

Bugun, 18 fevral kuni ikki mamlakat rahbarlari o‘rtasida tor va kengaytirilgan doiradagi uchrashuvlar, shuningdek, Oliy darajadagi strategik hamkorlik kengashining birinchi yig‘ilishi o‘tkazilishi rejalashtirilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

O'zbekiston-Turkiya Shavkat Mirziyoev Rajab Toyib Erdo'g'an

Baholaganlar

215

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing