Meni qayerdan topishni bilasiz – Yan Sexudoga qarshi jang haqida

Sport

sejudo

UFC super yengil vazn toifasi vaqtinchalik chempioni Petr Yan (16-2) Twitter sahifasida o‘zini sobiq chempionlar – Tayler Dillashou (17-4) va Genri Sexudoga (16-2) taqqoslovchilarga javob berdi: 

“Men juda ko‘p gapiradigan bu ikki kampir bilan kurashaman. Agar qo‘llab-quvvatlashga jasoratingiz bo‘lsa, meni qayerdan topishni bilasiz. Bu ikkisidan farqli ravishda men hali oktagon ichidaman”, deya yozgan Petr Yan.

Yan 2021 yil 7 mart kuni UFC 259 turniridan o‘rin olgan Aljameyn Sterlingga qarshi jangning to‘rtinchi raundida taqiqlangan tizza zarbasi yo‘llagan. Shu sababli g‘alaba Sterlingga berilgan va Petr chempionlik kamaridan mahrum bo‘lgan edi. Jang to‘xtagan paytda Yan ochkolar hisobiga ko‘ra oldinda borayotgan edi.

Ma’lumot uchun, Yan so‘nggi jangini UFC 267 musobaqasida Kori Sendxagenga qarshi o‘tkazib, g‘alaba qozongan. Shundan so‘ng u super yengil vazn toifasida vaqtinchalik chempion unvonini qo‘lga kiritgan.


Maqola muallifi

Teglar

UFC Yan Sexudo

Baholaganlar

16

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing