Meni 561 yilga qamashmoqchi – Tramp
Olam
−
03 avgust 2023
5841AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp 561 yilga ozodlikdan mahrum qilinishi mumkin. Bu haqda u kecha, 2 avgust kuni yuridik to‘lovlari uchun ochilgan jamg‘armaning elektron pochtasi orqali tarafdorlariga ma’lum qildi.
Sobiq prezidentga uchta jinoiy ish bo‘yicha jami 78 ta, shuningdek, 2020 yilgi saylovlarni soxtalashtirish kabi ayblovlar qo‘yilgan.
“Insofsiz Joning makri bilan Adliya vazirligi yana noqonuniy ravishda ayblab, so‘lchilarning jodugarlar ovi tufayli meni 561 yillik qamoq jazosiga hukm qilishi mumkin”, deb yozadi u.
Shunga qaramay, unga qo‘yilgan barcha ayblovlar uchun jazo belgilanishi haqiqatdan yiroq. Chunki AQSHda ayblanuvchilar kamdan-kam hollarda ayblangan barcha jinoyatlar uchun eng ko‘p qamoq jazosiga hukm qilinadi.
Ma’lumot uchun, unga nisbatan bundan oldin ham prokuror Jek Smit uning Trampning tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga uyushtirilgan hujum bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. Bu voqea sobiq prezident saylovda Baydenga yutqazganidan so‘ng, 2021 yilning 6 yanvarida sodir bo‘lgan.
Donald Tramp, shuningdek , Oq uyni tark etganidan keyin AQSH yadroviy dasturiga oid o‘nlab qutilardagi maxfiy hujjatlarni o‘zi bilan Mar-a-Lagodagi mulkiga olib ketgani yuzasidan 40 ta federal ayblov bo‘yicha qo‘shimcha yuridik muammolarga duch kelmoqda.
2016 yilda Trampning shaxsiy advokati va Maykl Koen pornoaktrisa Stormi Deniyelsga u va sobiq prezident o‘rtasidagi ishqiy munosabatlarni oshkor qilmasligi uchun pul bergani haqidagi da’vo bo‘yicha Manxetten okrugi prokurorining 34 ta ayblov xulosasi ham Donald Trampga qaratilgan.
Bundan tashqari, u 2020 yilda Jorjiya shtati Fulton okrugidagi saylovlarga aralashganlikda ham gumonlanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Donald Trampga nisbatan ish ochilgach, u AQSH tarixida jinoiy javobgarlikka tortilgan ilk prezident bo‘lgandi. Trampga qo‘yilgan ayblovlar 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida uning imkoniyatlarini oshirib yuborishi aytilgandi. 4 aprel kuni esa u hibsga olinib, birozdan so‘ng qo‘yib yuborilgandi.
LiveBarchasi