Trampga 50 yillik qamoq jazosi berilishi mumkin
Olam
−
02 avgust 2023
6077AQSHning sobiq prezidenti Donald Tramp 2020 yilgi saylovlarga aralashganlikda ayblanib, 50 yildan ortiq qamoq jazosiga hukm qilinishi mumkin. Biroq u qamalgan taqdirda ham, Amerika qonunlariga ko‘ra, maxfiy xizmat Trampning xavfsizligini ta’minlashda davom etadi. Bu haqda “EADaily” xabar berdi.
AQSH qonunchiligida davlatni aldash jarima va besh yildan ortiq bo‘lmagan qamoq, rasmiy jarayonga to‘sqinlik qilish 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish, ushbu jinoyatni sodir etish uchun "fitna" uyushtirishga ham bir xil miqdordagi jazo nazarda tutiladi. Bundan tashqari, qonunlarga qarshi fitna 10 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ammo bu jinoyatning oqibatida kimningdir vafot etishi vaziyatni murakkablashtiradi. Aybdor shaxsga esa umrbod qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. Maxsus prokuror Jek Smit Tramp tarafdorlari tomonidan Kapitoliyga bostirib kirilishi chog‘ida bir namoyishchi va bir politsiyachi halok bo‘lganini eslatib, siyosatchiga qo‘yilgan ayblovlarni kuchaytirmoqda.
Ayblov xulosasiga ko‘ra, sudyalar hay’ati sobiq prezidentning yuqoridagi holat bo‘yicha ayblanishi mumkinligiga rozi bo‘lgan. Aytilishicha, Tramp o‘zining nomlari oshkor qilinmagan olti nafar sherigi yordamida yuqoridagi harakatlarni sodir etgan.
Manbaga ko‘ra, Tramp 3 avgust kuni Vashingtondagi sudga chiqishi kerak.
LiveBarchasi