Menga qimorda pul tikib, yutqazganlardan uzr so‘ramayman – Ro‘ziboyev (video)
Sport
−
13 may
26679O‘zbekistonlik UFC jangchisi Nursulton Ro‘ziboyev oxirgi jangida onlayn qimor o‘yinlarida uning g‘alabasiga pul tikib, yutqazganlarni tanqid ostiga oldi.
“Menga kimdir sizning g‘alabangizga ishonib, uy va mashinamizni sotib pul tikkandik deb yozyapti. Yutqazganlardan uzr so‘ramayman. Aksincha, ular yutqazganiga xursand bo‘ldim. Men doim odamlarni bu yo‘ldan qaytarganman. Undan ko‘ra bor pulingizni oilangiz uchun sarflang. Menga aql o‘rgatmanglar, aql o‘rgatadigan odamlarim bor”, deydi Ro‘ziboyev.
Qayd etish joiz, 30 yoshli Ro‘ziboyev UFC'dagi oxirgi jangida amerikalik Xoakin Bakliga hakamlar qaroriga ko‘ra, imkoniyatni boy berdi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ro‘ziboyev Bakliga qarshi jangdan qancha daromad qilgani xabar qilingandi.
LiveBarchasi