Men Usikni uraman, u yiqiladi, keyin mast bo‘laman – Fyuri

Sport

image

Og‘ir vaznda WBC kamari sohibi, britaniyalik Tayson Fyuri WBA, IBF va WBO chempionlik kamarlari egasi ukrainalik Aleksandr Usik bilan jang shu yil bo‘lib o‘tishi kerakligini aytdi.

“Bu vaziyatda hech kim bir-biridan qo‘rqmaydi, deb o‘ylamayman. Jang shu yil bo‘lib o‘tishi kerak. Men uni uraman, u yiqilib tushadi, keyin esa arenani tark etib, shahar markazida mast bo‘laman”, deydi Fyuri.

Usik va Fyuri joriy yilning aprel oyi oxirida jang o‘tkazish bo‘yicha muzokara olib borayotgan edi, biroq sportchilarning jamoalari moliyaviy shartlar bo‘yicha kelisha olmadi, shundan so‘ng WBA Usik uchun majburiy raqib – britaniyalik Daniyel Dyubuani tayinladi. Jang yozda bo‘lib o‘tishi kutilmoqda.

Ma’lumot uchun, Fyuri va Usik profboksda hali biror marta mag‘lubiyatga uchramagan. Usik profringda 20 ta, Fyuri esa 34 ta jang o‘tkazgan.


Maqola muallifi

Teglar

Aleksandr Usik Tayson Fyuri Daniel' Dyubua

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing