Men Uchinchi jahon urushining oldini oladigan yagona odamman – Tramp

Olam

image

AQSH sobiq prezidenti Donald Tramp o‘zini Uchinchi jahon urushining oldini oladigan yagona shaxs deb atadi. Bu haqda u kecha, 7 iyul kuni Ayova shtatidagi tarafdorlari bilan uchrashuvda ma’lum qildi.

“Men bergan va’dasini bajara oladigan yagona nomzodman. Men biz tobora yaqinlashib borayotgan Uchinchi jahon urushining oldini olaman. Biz Uchinchi jahon urushi tomon ketyapmiz”, deydi u.

Shuningdek, Tramp yana bir bor o‘zi Prezident bo‘lsa, Ukraina urushini 24 soat ichida to‘xtata olishini ta’kidladi.

“Hamma men buni qila olamanmi, deb hayron bo‘ladi. Albatta, bu qo‘limdan keladi”, degan sobiq davlat rahbari.

Bundan tashqari, Donald Tramp Ukraina mojarosida biror tarafda emasligini aytgan.

“Men qaysi tarafda ekanimni bilasizmi? Men odamlar o‘lishini to‘xtatishlarini xohlayman. Mana, men kim tomondaman!”, deydi u.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Tramp uning Putin bilan suhbati Ukraina urushini bir necha yilga kechiktirganini da’vo qilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

Tramp Uchinchi jahon urushi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing