Men saylovlarda g‘alaba qozondim – Tramp

Olam

image

Prezidentlik kursisini osonlikcha berib qo‘yishni istamayotgan va AQSHda o‘tgan saylovlarga ishonchsizlik bildirayotgan amaldagi davlat rahbari Donald Tramp Twitter’dagi sahifasida o‘zini mamlakat prezidentligiga o‘tkazilgan saylovlar g‘olibi sifatida e’lon qildi. 

Twitter ijtimoiy tarmog‘i esa uning xabariga "rasmiy manbalarga" zid degan belgi qo‘ydi.

Avvalroq Tramp prezidentlik saylovlaridagi raqibi, demokrat Jo Bayden "saylovlar soxtalashtirilganligi sababli g‘alaba qozonganini" aytgandi. Keyinchalik u saylovlarda mag‘lubiyatini tan olmasligini aytdi, uning so‘zlariga ko‘ra,  Bayden faqat "yolg‘onchi ommaviy axborot vositalari ko‘z o‘ngida g‘olib".

“Men saylovlarda g‘alaba qozondim”, deb yozadi Prezident Tramp Twitter’da.

Uning tvitida "rasmiy manbalarda bu saylovning boshqa natijalari to‘g‘risida xabar berilgan" deb belgilangan.

 

AQSHda prezident saylovi 3 noyabr kuni bo‘lib o‘tdi. Mavjud dalillarga asoslanib, Amerikaning yetakchi OAVlari Demokratlar partiyasidan nomzod Jo Bayden g‘alaba qozonganini e’lon qildi. Ko‘plab davlat yetakchilari uni g‘alaba bilan tabriklamoqda. Shu bilan birga, Tramp saylovlar hali tugamaganligi, sudda o‘z g‘alabasini himoya qilmoqchi ekanligini aytdi.


Maqola muallifi

Teglar

Donal'd Tramp

Baholaganlar

1124

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing