Men oxirigacha kurashaman – Yun Sok Yol
Olam
−
10:15
2400Janubiy Koreya Prezidenti Yun Sok Yol o‘ziga nisbatan boshlangan davlat to‘ntarishi ayblovlari va impichment jarayonlari fonida iste’fo bermasligini e’lon qilib, oxirigacha kurashish niyatida ekanini ma’lum qildi. Bu haqda Prezident bugun, 12 dekabr kuni xalqqa qilgan murojaatida so‘z ochdi.
Prezidentga ko‘ra, harbiy holat e’lon qilish qarori davlatni himoya qilish maqsadida qabul qilingan. Bunday qaror Prezident vakolatlariga kiradi va uni parlament bekor qilishi mumkin, ammo bu qonuniy tekshiruv ob’ektiga aylanmasligi kerak.
“Men oxirigacha kurashaman”, deydi u.
Prezident, shuningdek, harbiylarning milliy parlament binosiga yuborilishi tartibni saqlash maqsadida amalga oshirilganini ta’kidlagan. Bu esa hech qanday davlat to‘ntarishiga urinishni anglatmaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Janubiy Koreya politsiyasi Yun Sok Yol ma’muriyatida tintuv o‘tkazgan edi. Shuningdek, Koreya Respublikasining “Xalq kuchi” hukmron partiyasi Prezident Yun Sok Yolning 2025 yilning birinchi yarmida muddatidan oldin iste’foga chiqishini nazarda tutuvchi bir nechta rejani tayyorlagani xabar qilingandi.
LiveBarchasi