Men Messini emas, klubni tanladim – Laporta

Sport

image

“Barselona” prezidenti Joan Laporta hujumchi Lionel Messining klubdan ketgani fikr bildirdi. Ispaniya klubi futbolchi bilan shartnomani 2021 yilda uzaytira olmadi va Leo erkin agent sifatida PSJga o‘tdi.

“Men bu qarorni qabul qilishim kerak edi. Klub barcha futbolchilardan muhimroq. Messi ketganidan xafa bo‘ldim. Men Messini emas, klubni tanladim”, deydi Laporta. 

Eslatib o‘tamiz, “Barselona” “moliyaviy va tuzilmaviy” to‘siqlar sababli Messi bilan shartnoma muddatini uzaytira olmagan edi. Yetti karra “Oltin to‘p” sohibi 21 yillik faoliyatdan so‘ng jamoani tark etishga majbur bo‘ldi.

Ispaniya chempionating joriy mavsumida “Barselona” turnir jadvalining 1-pog‘onasida bormoqda. 24-turdan so‘ng “ko‘k-anorranglilar” 62 ochkoga ega. Klub 2-o‘rindagi “Real Madrid”dan 9 ochko oldinda bormoqda. 12 mart kuni chempionatning navbatdagi turida “Barselona” Bilbaoning “Atletik” klubiga qarshi o‘ynaydi.


Maqola muallifi

Teglar

Messi Laporta

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing