Men Maxachevni nokaut qila olaman – Jastin Getji

Sport

image
0:00
0:00
download

Amerikalik UFC jangchisi Jastin Getji yengil vaznda UFC chempioni Islom Maxachevni nokautga uchratishi mumkinligini ma’lum qildi. Bu haqda sportchi “TMZSports” YouTube kanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.  

“Menimcha, bu jang ikki tomon uchun ham qiyin bo‘ladi. Nima bo‘lgan taqdirda ham u chempion hisoblanadi. Men Maxachevga qarshi mukammal jang o‘tkazishim kerak. Bu jangda ustunlikka ega bo‘lishim uchun birinchi navbatda o‘zimdagi chidamlilikni rivojlantirishim kerak bo‘ladi. Men uni nokaut qila olaman deb o‘ylayman. Har qanday odamni nokautga uchrata olaman”, deydi Getji. 

Ma’lumot uchun, 34 yoshli Getji MMAda umumiy 28 ta jang o‘tkazib, bahslarning 24 tasida g‘alabaga erishgan. 4 ta jangda esa amerikalik sportchi mag‘lubiyatga uchragan. Maxachev esa MMAda 25 ta jang o‘tkazib, faqatgina 1 ta bahsda imkoniyatni boy bergan.

Eslatib o‘tamiz, Maxachev hozirda P4P (vazn toifasidan qat’iy nazar eng yaxshi jangchilar reytingi)da 3-o‘rinda bormoqda. P4P'da og‘ir vazn toifasida UFC chempioni amerikalik Jon Jons yetakchilik qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Jastin Getji Islom Maxachev

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing