“Men delegatsiyaman”. Bayden jurnalistlarni hayratda qoldirdi
Olam
−
17 noyabr 2021
8397AQSH Prezidenti Jo Bayden Qo‘shma Shtatlar Pekin Olimpiadasiga delegatsiya yuboradimi yoki yo‘qmi, degan savolga bergan javobi bilan jurnalistlarni hayratda qoldirdi. Amerika rahbarining so‘zlarini Oq uy keltirmoqda.
“Men delegatsiyaman”, degan Bayden AQSH Xitoyga delegatsiya yuboradimi, deya savol bergan jurnalistlarga.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, Bayden nimani nazarda tutgani noma’lum va uning savolni tushungan yoki tushunmagani ham noaniq. AQSH Prezidenti bu borada boshqa izoh bermagan.
Avvalroq, AQSH Prezidenti Jo Bayden ma’muriyati 2022 yilda Pekinda bo‘lib o‘tadigan Qishki Olimpiada o‘yinlariga diplomatik boykot e’lon qilmoqchi ekani haqida xabar bergandik.
Manbalarga ko‘ra, Olimpiadada Baydenning o‘zi ham, Amerika hukumatining birorta a’zosi ham rasmiy maqomda qatnashmaydi. Bu qaror AQSH sportchilarining Olimpiadadagi ishtirokiga ta’sir qilmasligi ma’lum qilingan. Oq uy xabarga izoh bermagan.
Ma’lumot o‘rnida, Pekinda Qishki Olimpiya o‘yinlari 2022 yilning 4-20 fevral kunlari bo‘lib o‘tadi.
LiveBarchasi