Meloni Samarqandga keldi
Jamiyat
−
28 may 13019 1 daqiqa
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning taklifiga binoan Italiya Respublikasi Bosh vaziri Jorjiya Meloni bugun, 28 may kuni rasmiy tashrif bilan Samarqandga keldi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar berdi.
Samarqand xalqaro aeroportida Bosh vazirni shaxsan Prezident Mirziyoyev kutib olgan.
Oliy martabali mehmon sharafiga ikki davlat bayroqlari ko‘tarilgan va faxriy qorovul saf tortgan.
Tashrifning asosiy tadbirlari ertaga, 29 may kuni bo‘lib o‘tadi.
Oliy darajadagi muzokaralar va boshqa qator ikki tomonlama tadbirlar o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Eslatib o‘tamiz, Meloni avvaliga 25-27 aprel kunlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari ishtirokida bo‘lib o‘tadigan sammitda ishtirok etish uchun O‘zbekistonga, keyin esa Qozog‘istonga borishni rejalashtirgan edi. Biroq 21 aprel kuni Rim papasi Fransiskning vafoti va undan keyingi motam tadbirlari tufayli tashriflar qoldirildi.
30 may kuni esa Ostona shahrida Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlari va Italiya Bosh vaziri Jorjiya Meloni ishtirokidagi birinchi sammit bo‘lib o‘tadi.
Live
Barchasi