Melikov Maxachqal’ada ushlanganlarga Ukrainadagi urushga borishni maslahat berdi
Olam
−
30 Oktabr 2023
7066Dog‘iston rahbari Sergey Melikov Maxachqal’a aeroportida qo‘lga olinganlarni Ukrainadagi urush zonasiga ko‘ngilli bo‘lib borishga taklif qildi. Bu haqda u bugun, 30 oktyabr kuni jurnalistlar bilan suhbatda so‘z ochdi.
“Bizda hozircha ular huquqbuzarlik uchun ushlab qolinib, harbiy harakatlar olib borilayotgan hududga jo‘natiladi, degan narsa yo‘q. Vatanimiz manfaatlari yo‘lida jangovar topshiriqlarni bajarayotgan odamlar buni ongli ravishda amalga oshirishi kerak. Agar hibsga olingan g‘alayon ishtirokchilarining har biri sharmandalikni yuvish maqsadida ko‘ngilli bo‘linmalar tarkibida qatnashish yoki Qurolli Kuchlar bilan shartnoma tuzish uchun o‘z xohishini bildirsa, men buni faqat mamnuniyat bilan qabul qilaman, lekin hech qanday maxsus choralar yo‘q”, degan Sergey Melikov.
Eslatib o‘tamiz, kecha, 29 oktyabr kuni Maxachqal’a aeroportida Yaqin Sharqdagi vaziyat keskinlashayotgan bir paytda Tel-Avivdan muntazam reys kelishi munosabati bilan ommaviy tartibsizliklar yuz bergandi. Bir necha yuz kishi aeroport binosiga va aerodromga kirgan, keyinroq huquq-tartibot idoralari xodimlari tomonidan majburan chiqarib yuborilgandi. Oxirgi ma’lumotlarga ko‘ra, 20 dan ortiq kishi, jumladan politsiyachilar yaralangan, 60 nafar kishi qo‘lga olingan.
LiveBarchasi