Meliqo‘ziyevga yutqazgan bokschi faoliyatini yakunladi

Sport

image

Joriy yilning 23 aprel kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘zbekistonlik professional bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev amerikalik Gabriel Rosadoga qarshi revansh jangida qatnashib, g‘alaba qozongandi.

Meliqo‘ziyevga imkoniyatni boy berganidan so‘ng, Rosado faoliyatini yakunlashiga sha’ma qilgandi. Bugun, 30 aprel kuni Rosado faoliyatini yakunlaganini e’lon qildi.

Ma’lumot uchun, 37 yoshli Rosado 17 yildan buyon professional boksda faoliyat yuritib kelayotgandi. U profringdagi ilk jangini 2011 yilda o‘tkazgan. Bokschi umumiy hisobda 45 ta jangda ringga ko‘tarilib, 26 ta bahsda g‘alaba qozongan, u 17 jangda mag‘lubiyatga uchragan. Sportchi ishtirokidagi 1 ta jangda esa durang qayd etilgan.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir Meliqo'ziev Gabriel' Rosado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing