Meliqo‘ziyev O‘zbekistonga qaytdi (video)

Sport

image

Avval xabar berganimizdek, joriy yilning 23 aprel kuni AQSHning Las-Vegas shahrida o‘zbekistonlik bokschi Bektemir Meliqo‘ziyev Gabriel Rosadoga qarshi revansh jangida qatnashib, g‘alaba qozongandi.

26 aprelga o‘tar kechasi Meliqo‘ziyev O‘zbekistonga qaytdi. Sportchini Toshkent xalqaro aeroportida yaqinlari, murabbiy va keng jamoatchilik vakillari qarshi oldi.

Ma’lumot uchun, 27 yoshli Meliqo‘ziyev 2019 yildan buyon professional boksda faoliyat olib bormoqda. U profringda umumiy 13 ta jang o‘tkazib, faqatgina 1 ta to‘qnashuvda raqibiga imkoniyatni boy bergan. 

Hozirgi vaqtda Meliqo‘ziyev WBO reytingida 12-o‘rinni egallab turibdi.


Maqola muallifi

Teglar

Bektemir Meliqo'ziev Gabriel' Rosado

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made