Toshkentning yangi tumaniga Ortiqxo‘jayevning 34 yoshli o‘rinbosari hokim bo‘ladi
Jamiyat
−
29 may 2020
42992Avvalroq, Prezident Sergeliga tashrifi davomida Toshkent shahar hokimligiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri bo‘ysunuvchi "Yangi hayot" tumanini tashkil etish taklifini bildirgan edi. "O‘zbekiston 24" telekanalidagi ushbu tashrifga bag‘ishlangan reportajda shaharning yangi tumaniga Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari lavozimida ishlab kelayotgan Hayot Ilyosovich Inog‘omovni hokim etib tayinlash taklifini bergan.
34 yoshli Inog‘omov 2018 yildan oktyabridan buyon Toshkent shahar hokimi o‘rinbosari – Toshkent shahar kanallardan foydalanish va ularga tutash hududlarni obodonlashtirish boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelmoqda. Bundan avval u Vazirlar Mahkamasi huzuridagi "Tashkent City" xalqaro ishbilarmonlik markazi Direksiyasi DUK direktorining birinchi o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Ma’lum qilinishicha, Bo‘lg‘usi hokim 1986 yilda Toshkent shahrida tug‘ilgan, 2008 yilda Toshkent avtomobil va yo‘llar institutini tamomlagan. Inog‘omov 2007-2009 yillarda Ishlab chiqarish boshqarmasi "Maxsustrans" bosh muhandisi, 2010-2011 yillarda «Technologi De Lavenir" MCHJ asosiy ishlab chiqarish bo‘lim boshlig‘i, 2011-2012 yillarda "Atlant Metal" MCHJ direktori, 2012-2017 yillarda "Technologi De Lavenir" MCHJ direktori, 2017-2018 yillarda "Pallada Investment" qo‘shma korxonasi direktori sifatida faoliyat yuritgan.
LiveBarchasi
Dollar kursi biroz pastladi.
04 dekabr